2015 yil 4 dekabr kuni maktabimizda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o’tkazildi. Tadbirda maktab rahbariyati, pedagogik jamoa, mahalla vakillari hamda ota onalar ishtirok etishdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so’ng maktab direktori, «Xalq ta’limi a’lochisi» Inomova Shoira Nizomovna so’z oldi va tadbirni ochib berdi. Shuningdek tadbirda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Nurmamat Nabiyev, «Kimyogar» mahalla fuqarolar yig’ini raisi Alisher Adilovlar so’z olib oliy qonunimiz bo’lgan Konstitutsiyamizning tarixi va jamiyatimiz qurilishidagi ahamiyati xaqida to’xtalib o’tdilar. Tadbir davomida maktabimiz o’quvchilari tomonidan kuy — qo’shiqlar, raqslar, moddalardan namunalar yoddan aytildi. Tadbir oxirida tadbir ishtirokchilariga Prezidenti  I.A.Karimovning Namangan viloyatida so’zlagan nutqi namoyish etildi. Tadbir juda ko’tarinki va yuqori kayfiyatda o’tdi.

20151204_151933

20151204_151951

20151204_153223

20151204_152902

20151204_160037

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>