2015 yil 25-26 dekabr kunlari maktabimizda 1-sinf o’quvchilari ishtirokida «Savodxonlik bayrami» lari o’tkazildi. Bayram tadbirida maktab rahbari, o’qituvchilar hamda ota — onalar ishtirok etishdi. Tadbirda o’quvchilar yod olgan she’rlari, tayyorlagan raqs chiqishlari hamda sahna ko’rinishlari bilan ishtirokchilarni hushnud etishdi. Bayramda qorbobo, qorqiz hamda ertak qahramonlari bolajonlar quvonchiga sherik bo’lishdi. Bayram so’nggida Qor bobo o’quvchilarga sovg’alar ulashdi. Bayram ko’tarinki kayfiyatda va yuqori saviyada o’tkazildi.