Ushbu ko’rsatuv Jizzax shahar televideniesida har Shanba kuni soat 20:00 da efir orqali namoyish etiladi.

2017 yil Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qildi. Shu munosabat bilan maktabimiz rahbari Shoira Inomova Jizzax shahr televideniyasida “Maorif soati” ko’rsatuvini tashkil qildi.

Ushbu ko’rsatuvni tashkil etishga maktabimizning “Yosh jurnalistlar” to’garagi zamin yaratdi.

Yangi o’quv yilida ish boshlagan “Yosh jurnalistlar” to’garagi qatnashchilari ushbu ko’rsatuv orqali o’z fikr va mulohazalari bilan faol qatnashmoqdalar.

“Maorif soati” ko’rsatuvida viloyat va shahar xalq ta’limi metodistlari ham ishtirok etib, barcha umumta’lim muassasalarini qiziqtirgan yangiliklardan bahramand etib kelmoqdalar.

Bundan tashqari “Maorif soati” ko’rsatuvida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilinayotgan qaror, farmon va farmoyishlar o’qituvchilar hamda o’quvchilar ongiga singdirilib bormoqda.

Xulosa qiladigan bo’lsak, ushbu ko’rsatuv xalq ta’limiga oid bo’lgan yangiliklar, yutuqlar va kamchiliklar haqida muloqotlar o’tqazadi.

 

Still0126_00000

Still0126_00001

Still0126_00002

Still0126_00003

Still0126_00007

Still0126_00008

Still0126_00009

Still0126_00014

Still0126_00017

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>