Insonlarning dardu tashvishlarini o’ylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir.

 Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

 

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi

 

        Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

         Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo’naltirilgan sud xokimiyatining chinakam mustakilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;

         Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha istitutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib xolda ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni jalb etish;

         Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’ligini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik – kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

         Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

        Biz maktab rahbariyati o’qituvchilar hamda o’quvchilar bilan birga “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” ni o’rganamiz va hissamizni qo’shamiz.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>