Davlatimiz rahbarining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi qarori (2017 yil 7 fevral) «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» da bajarilishi, bu borada biz, pedagoglar zimmasida turgan vazifalar to’g’risida biologiya, kimyo, tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, mehnat fanlari oyligida atroflicha fikr almashdik.

 

Xar bir fan bo’yicha reja asosida uyushtirilgan noan’anaviy ochiq darslar, viktorinalar, ko’rik-tanlovlarda harakatlar strategiyasini tashkil qiladigan beshta yo’nalish ijrosiga maktabimiz qo’shadigan hissaga asosiy e’tibor qaratildi.

         Dilnavoz Ergasheva, Marjona Yurieva, Mashxura Norbo’taeva, Dilshod Yusupov, Dinara Turdimurodova, Azamat Bolg’aboev, Jasmina Toxirova, Arabullo Axmadjonov, Guljaxon Axrorova aprel oyining eng faol va namunali o’quvchisi deb topilib, maktab rahbariyati tomonidan rag’batlantirilgani ham tanlangan yo’lning to’g’riligini tasdiqladi.

         Umrini yosh avlod tarbiyasiga bahshida etib o’zidan yaxshi nom qoldirilgan ustoz xamkasblarimiz Gulnora Asadova va Zulxumor Umarovaning nomi yodga olingan «Yaxshilarni unutmaydi el» xotira kechasi xam o’ziga xos tarbiyaviy soat vazifasini bajardi. Ta’lim fidoyilarining ibratli ishlari birma – bir esga olindi, shogirdlarga ehtiromini izhor etish imkoniyati berildi. Ta’kidlanganidek, bu sa’y – xarakatlar ijtimoiy soxaning ravnaqini ta’minlaydi. Uch avlod vakillari o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi. Eng muhimi, ma’naviy – ma’rifiy muhitning ijobiy tus olishi mehnat jamoasida sog’lom raqobatni rivojlantiradi.

 20170422_134920

Lola O’ralova, Jizzax shahar 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining mehnat fani o’qituvchisi

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>