2017 yil 28 sentabr kuni maktabimizda o’quvchilarimiz bilan «O’z uyingni o’zing asra» nomli suhbat o’tkazildi. O’tkazilgan suhbatdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarimizni ogohlikka da’vat etish, loqayd bo’lmaslikka o’rgatishdan iborat bo’ldi. O’quvchilarimizga videroliklar qo’yib berildi. Suhbatda maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari D.Aliyeva, tarix fani o’qituvchisi Sh.Xudoyberdiyeva, informatika fani o’qituvchisi K.Mukumov hamda maktab o’quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda o’quvchilarimiz faol ishtirok etishib o’z fikrlarini bildirishdi hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.