Maqola

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI UY SHAROITIDA O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O’zbekistan Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, yosh avlodni sog‘lomlashtirishning milliy dasturlari, xususan bolaning sog‘ligini himoya qilish, shuningdek, nogiron bolalarga uyda yakka holda ta’lim berishni tashkil qilish, kelgusida bu bolalarni hayotda o‘z o‘rnini topish, bilim olish, biron bir kasbni egallash imkoniyatlarini yaratishga qaratilgandir. Oilada yakka holda ta’lim berish bu asosan sogligi yomonligi tufayli o‘z tengqurlari jamoasi ichida ta’lim olishi imkoniyati bolmagan, umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qatnay olmaydigan 7 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan nogiron hamda 1-9-sinfgacha o’quvchilarga, shuningdek jismoniy va ruhiy jihatdan nuqsoni bo’lgan maxsus maktablarga qatnay olmaydigan ayrim imkoniyati cheklangan bolalarga uyda yakka holda ta’lim berishni tashkil etishga qaratilgan.

Imkoniyati cheklangan bolalarni oilaviy ta’limda o‘qitishga jalb qilinish tartibi, bolalar Viloyat tibbiy — pedagogik — psixologik komissiyasi a’zolarining tekshiruvidan o‘tkazish lozim. Komissiya tarkibida ishtirok etayotgan mutaxassislarning tekshiruvidan so‘ng, ularning xulosasiga ko’ra, agar bola o‘zining rivojlanishdagi nuqson tufayli umumiy ta’lim va maxsus maktablarda o’qish imkoniyatiga ega bo’lmasa, bunday bolalar komissiya a’zolarining tavsiyasi asosida oilaviy ta’limda o’qishga jalb qilinadi.

Uyda yakka holda dars mashg’ulotlari o’tkazayotgan o‘qituvchilarga XTB ning ko‘rsatmasiga asosan ta’rif stavkasi bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi yagona ta’rif jadvaliga asosan oylik maoshi to’lanadi.

Oilada yakka ta’lim olayotgan o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda e’tibor hamc= g‘amxo‘rlik ko’rsatuvchi o’qituvchi va uning ishini nazorat qiluvchi yaqin atrofda? umumiy o’rta ta’lim rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi. Ya’ni umumiy o’rta ta n xududidagi oilaviy ta’limga muxtoj bo’lgan o’quvchiga oilaviy ta’limni tashkil etish o’shi ta’lim muassasasiga ma’muryatiga tegishlidir. Uy sharoitida o’quvchi bilan yakka tartibcs darslarini o’tish, uning salomatligini e’tiborga olgan holda toliqmagan vaqtida o’tisM rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim olayotgan bolalarning bilimlari muntaza- ravishda baholanib boriladi. Ularning ismi-shariflari, o’zlashtirishi, sinfdan-sinfci ko’chirish va maktabni bitirish haqidagi ma’lumotlar tegishli sinfning qaydnoma jurnal-z~ yozib boriladi.

Imkoniyati cheklangan bolalarni oilada o’qitishda ularning istak, mayl va qiziqishla- hamda ijodiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda darslik va boshqa adabiyotlar bila» mustaqil ishlash ko‘nikma-malakalarini rivojlantirishga e’tibor berish lozim. Bolani faca: dars mashg’uloti bilan toliqtirib qo’ymasdan, balki qiziqishi, fikr doirasini kengaytiruvci har xil badiiy asarlardan, qiziqarli o’yinlar turli xil rasmlar bilan ishlashni tashkil qilib boris~ o’qituvchining e’tiborida bo’lishi kerak.

Albatta oilada ta’lim olayotgan bola faqat bilim olish bilan chegaralanib qolish kerat emas, balki nogiron o’quvchilarda idrok, xotira, tafakkur, tasavvur, fikrlash kabi bilish qobilyatlarini umumiy rivojlanishini ham nazarda tutish lozim.

Oilaviy ta’lim jarayonidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarda predmet va narsalarni ko’rr analiz-sintez qila olish, taqqoslash, kabi aqliy faoliyatli ishlarni bajarishga 0‘rgatib borisln e’tiborga olish lozim.

Uy sharoitida ta’lim jarayonida o’tiladigan darslarda nogiron o’quvchining nutqiri fonetik-fonematik, leksik-grammatik tomonlarini rivojlantirishga nutqiy nuqsonliklar-ч bartaraf etishga ahamiyat berish lozim. Shuningdek nogiron o‘quvchida shaxsiy gigiyena ozodalikka rioya qilish, ozoda kiyinish batartiblik irodasini chiniqtirish imkoniyatlar n amalga oshirish kerak.

Bunday bolalarni hayotda o‘z o’rinlarini topib olishlari uchun, qiziqishi, mayllariga qarab, kasb-hunar turlari haqida suhbatlar, shuningdek qanday kasblarni egallasa hayotda qiynalib qolmasligi haqida tavsiyalar berish lozim.

Ta’lim beruvchi o’qituvchi qanday hislatlarga ega bo’lishi kerak.

- oilada nogiron bolaga ta’lim beruvchi o’qituvchi o‘z kasbini sevuvchi bo‘lishi kera*

- xushmuomilali, bolalarga mehribon, e’tiborli o’qituvchi bo’lish lozim;

- bola ruhiyatini, ichki kechinmalarini tushinuvchi, uni nogironligi, ma’naviy yordamga muhtoj ekanligini his qilish;

- berilgan dars soatlaridan unumli, mazmunli foydalana oladigan bo’lishi kerak;

Uyda ta’lim oluvchi imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berish ham, ularga o’tiladigan darslar ham belgilangan me’yoriy didaktik talablar asosida o’tishi lozim Ya’ni oilaviy ta’lim o’qituvchisi har bir o’tadigan darsni o’tishda hozirgi zamon darslariga qo’yilgan ta’limiy va tarbiyaviy talablarga amal qilishi lozim.

Jumladan:

- oiladagi imkoniyati cheklangan bolaga o’tiladigan har bir darsning mazmuni, maqsadi o’quv rejada belgilangan ta’limiy o’quv dasturga muvofiq bo’lishi lozim;

- o’tiladigan darslarning mavzulari imkoniyati cheklangan bolaning yoshiga o’zlashtirish qobilyatiga mos bo’lishi;

- o’tiladigan har bir dars o’quvchiga tushunarli bo’lishi, ilmiy bo’lishi hamda hayoti\ va amaliy ahamiyatga ega bo’lishi kerak;

- dars jarayonlarida ta’lim bilan tarbiyani uzviy bog’liqligiga e’tibor qilgan hamda korreksion tarbiyaviy maqsadni amalga oshirib borish lozim;

- ta’limiy talablarga amal qilgan holda, har bir darsda imkoniyati cheklangan o’quvchini o’zlashtirish qobilyatini nazoratqilish, uni baholash mezoniga muvofiq baholab, rag‘batlantirib borish lozim;

- oilaviy ta’lim o’qituvchini bolaninig ota — onasi bilan hamkorlik ishini yo‘lga qo’yishi, shuningdek dars jarayonidagi bolaning o’zlashtirish qobiliyati, yutuq va kamchiliklarini uning ota-onasiga ma’lum qilib borish;

Uyda yakka tartibda o‘qitishni tashkil etishda nogiron bolalarning ota-onalarni yoki qonuniy vakillarning huquq va burchlari quyidagilardan iboratdir:

- “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasiga binoan ota-onalar yoki qonuniy vakillar bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari, salomatliklarini tiklashlari hamda oila sharoitida ta’lim- tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun javobgardirlar.

Ota-onalar yoki qonuniy vakillar uy sharoitida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda:

- o’qituvchilarning mashg’ulotlarni belgilangan muddatlarda o’tishini nazorat qilib, har bir o’tilgan dars yoki mashg’ulotni imzo bilan tasdiqlab beradilar;

- bolaga biriktirilgan o’qituvchi faoliyatidan qoniqmasalar uning o’rniga boshqa o’qituvchini tayinlash to‘g‘risida maktab ma’muriyatiga murojaat etadilar;

- uyda ta’lim olayotgan farzandlari uchun o‘rnatilgan tartibda maktabdan darslik va boshqa adabiyotlar berilishini talab qiladilar.

Agarda pedagog oilada o‘tilayotgan dars xo‘ja ko’rsinga o’tadigan bo‘lsa, dars o‘tganda ham bolaga sayoz bilim bersa, bunday o’qituvchidan voz kechmoq ma’qul.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi ma’muriyati ham oilada nogiron bolani o‘qitish, ta’lim berish ishlariga doimo nazoratda bo’lib e’tiborli bo’lishi lozim. Oilada dars o‘tishga ma’lum bir sharoit tashkil qilinishi muhimdir. Dars o’tish uchun alohida xona ajratilgan bo‘lib, xona yorug1 shinam bo’lishi, shovqindan yiroq bo’lishi, kichik doska, stol, stul yoki nogiron bolani o‘tirib dars o’tishi uchun mos bo’lgan jihoz bo’lishi lozim.

Uy sharoitida ta’lim oluvchi bola ham maktabning umumiy bola soni hisobida bo’ladi. Bunday bolalar maktabdagi o’tkaziladigan bayram tadbirlari, qiziqarli kechalarga taklif qilinishi, ayniqsa o‘z tengqurlari ya’ni sinfdoshlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinishi, bolaning ruhiyatini ko’tarilishiga, hayotga qiziqishiga ijobiy yordam beradi.

Xulosa qilishdan oldin quyidagi fikrni aytib o’tish lozim, ya’ni nogiron bolani oilada o’qitib, ta’lim berishdan maqsad, uni hayotda o‘z o’rnini topishga yordam berish. Unda yuzaga chiqmagan iste’dod, qobiliyat tomonlarini tarbiyalash orqali yuzaga chiqarishdir. Zero har qanday millatni ma’naviyatini bilmoqchi bo’lsang uni qariyalariga, nogironlariga qilgan g’amxoVligidan bilgin deb aytib o’tishgan. Shuning uchun nogiron, yordamga muhtoj bolalarga e’tibor qilib kelinishi xalqimiz ma’naviyatining bir ko’zgusidir.

Xalq ta’limi jurnali

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>