Главная > YANGILIKLAR / TARBIYA > Bilimlar kuni

Bilimlar kuni


5-09-2018, 19:25. Разместил: Admin4shkola
Bugun maktabimizda 2018-2019 o'quv yilining ilk kuni "Bilimlar kuni" nishonladi. Tadbirda maktab rahbariyati, maktabimiz jamoasi, Jizzax shahar XTB metodisti F.G'afforova, faxriy ustoz N.Nabiyev, "29-Mehribonlik uyi" direktori N.Tog'ayev, "Kimyogar" MFY raisi M.Parpiyeva, o'quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirni maktabimiz rahbari Inomova Shoira Nizomovna ochib berdi va yig'ilganlarni yangi o'quv yili hamda Mustaqilligimizning 27 yillik bayrami bilan qutladi. Tadbir davomida o'quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlari namoyish etildi. shuningdek tadbirimizda ishtirok etayotgan mehmonlarimiz o'quvchilarimizni yangi o'quv yili bilan tabriklashib, o'qishlarida omadlar tilashdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. Tadbir so'ngida o'quvchilar "Mustaqillik darslari" ga kuzatib qo'yildi. 



















скачать dle 12.0
Вернуться назад