Главная > YANGILIKLAR / TA'LIM / TARBIYA > Sifatli ta'lim bosh maqsadimiz

Sifatli ta'lim bosh maqsadimiz


20-10-2018, 21:28. Разместил: Admin4shkola

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning“Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori hamda “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirishbo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi farmonida, jumladan o’qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirishga oid qator vazifalar belgilandi. Quvonarlisi, bu pedagoglik kasbining jozibadorligini oshirdi.
O’zbekiston bo’yicha hamma maktablarda oktabr oyligi “Ona tili va adabiyot fan oyligi” bo’lganligi sababli maktabimizda ona tili va adabiyot fanidan ta’lim sifatini oshirish maqsadida alohida ish reja ishlab chiqildi. Ushbu reja asosida turli xil “Ochiq darslar festivali”, “Navoiy vorislari” tanlovi, insholar tanlovlari, she’rxonlik kechalari bo’lib o’tmoqda.
Ona tili darslarida yozma nutqni o’stirish, chiroyli va xatosiz yozishga o’rgatish, adabiyot darslarida o’quvchilarda ma’naviyatni, og’zaki nutqni o’stirish uchun ochiq darslar festivali o’tkazildi. Bunda o’qituvchilardan:
Nusratova Ra’no 6-A sinf “Fe’l nisbatlari”
Xamzayeva Sharofat 5-A sinf “Ega”
Nishonova Xurshida 7-B sinf “Bayon tahlili”
Nusratova Nasiba 10-A sinf “Abay”
Umarova Dildora 9-B sinf A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni
Ahmedova Tamara 5-B sinf “Ega” mavzulari bo’yicha ochiq darslar o’tishdi. O’qituvchilarimiz darslarda AKT asosida va tarqatmalar, ko’rgazmalardan keng foydalanishdi. Dasrlar musobaqa tarzda tashkil etildi. Bizning maqsadimiz shuki o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy tarbiya va bilish samaradorligini oshirish uchun bor mahoratimizni ishga solishimiz zarur.
Bolalarimizni o’qishga chin dildan qiziqtira olsak, eng kata natijaga erishgan bo’lamiz.

Uslub birlashma rahbari Nusratova Nasiba









скачать dle 12.0
Вернуться назад