Главная > YANGILIKLAR / TA'LIM / TARBIYA > «Book challenge». Senatorlardan tuhfa

«Book challenge». Senatorlardan tuhfa


29-03-2019, 17:06. Разместил: Admin4shkola
O‘tgan haftada Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev xayrli tashabbusni ilgari surib, Bosh vazirdan boshlab har bir rahbarni o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishga da’vat etgan edilar.

Bugun ushbu hayrli ishlarni davomi sifatida maktabimizga Jizzax shahar xalqta'limi mudiri B.Sharipov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori Iskandarov Turg'un Hasanovich hamda senator G.Turayeva, shuningdek "Sog''lom avlod" jamg'armasi raisi M.Aripova, Viloyat hokimligida samarali mehnat qilib kelayotgan maktabimizning sobiq o'quvchisi N.Raimovlar tashrif buyurib, makatab kutubxonasiga kitoblar tuhfa qilishdi.

Bu ezgu tashabbus o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirish, ulug‘ bobolarimizga munosib avlodni voyaga yetkazishda muhim hayotiy ahamiyatga egadir.

Zero kitob insonni tarbiyalaydi, ulg‘aytiradi, yuksak odob-axloqni, insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Kitob o‘qib voyaga yetgan bola avvalo chuqur bilimga, keng dunyoqarashga, mustaqil fikrga, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo‘ladi.

Barchamiz Prezidentimizning ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, uni umumxalq harakatiga aylantirishda faol ishtirok etaylik! 






скачать dle 12.0
Вернуться назад